Videoroliklar tanlovi g’oliblari taqdirlandi

Videoroliklar tanlovi g’oliblari taqdirlandi

  • 07.02.2025
  • 394
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan yoshlarni, ularning kreativ va innovatsion yondashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o’tkazilgan videoroliklar tanlovi nihoyasiga yetdi.

 

Tanlovga ishtirokchilardan 86 ta ijodiy ishlar kelib tushdi. Tanlov g‘oliblarini aniqlash uchun universitet matbuot xizmati hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi vakillari, “Surxondaryo” teleradiokompaniyasining tajribali operator, rejissyor hamda muharrirlardan iborat ishchi guruh tashkil etildi. Mazkur ishchi guruh tomonidan belgilangan 5 ta mezon asosida xolisona baholandi va eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar g‘olib sifatida tanlab olindi.  
 

1-o‘ringa — R.Rustamov,
2-o‘ringa — B.Mallayev,
3-o‘ringa — S.Tillayevlar munosib ko‘rildi.

 


Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida universitet rektori A.Sattarov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O‘. Xudoyberdiyevlar so‘z olib, tanlovga bir-biridan yaxshi, sifatli videoroliklar kelib tushganini, buning uchun mehnat qilgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdilar. 

 


Shundan so‘ng, g‘oliblarga universitet rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar topshirildi.


Termiz iqtisodiyot va servis universiteti bundan keyin ham iqtidorli, faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Tanlov ishtirokchilaridan ishchi guruh tomonidan qo‘yilgan baholarni to‘g‘ri talqin etishlari so‘raladi.